Dunyoning eng taniqli futbolchilaridan biri hibsga olindi

Dunyoning eng nomdor futbolchisi politsiya tomonidan hibsga olindi.

Dani Alves Ispaniyada jinsiy zo’ravonlikda gumonlanib hibsga olingan. Avvalroq u tungi klubda bezorilikda ayblangani ma’lum bo’lgan edi.

Alves Fransiya, Italiya, Braziliya chempionatlarida g’olib chiqqan, ushbu mamlakatlar milliy kuboklarida g’olib chiqqan, Amerika kubogi va Konfederatsiyalar kubogi, Olimpiya o’yinlari va yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatida ham g’olib bo’lgan.