Gvardiola muxlislardan noroziMANCHESTER, ENGLAND — SEPTEMBER 30: Pep Guardiola, manager of Manchester City speaks during a press conference at Manchester City Football Academy on September 30, 2022 in Manchester, England. (Photo by Matt McNulty — Manchester City/Manchester City FC via Getty Images)

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa muxlislari haqida gapirdi. Ispaniyalik mutaxassis jamoaning muxlislar tomonidan qo’llab-quvvatlanmayotganidan norozi.

“Muxlislar 45 daqiqa sukut saqlashdi. Ular bizni jamoa yomon o’ynagani uchun emas, mag’lubiyatga uchraganimiz uchun so’kishmoqda. Ilgari bunday emas edi. Ular bizning Premyer-ligadagi muntazam g’alabalarimizga ko’nikib qolgan bo’lsa kerak. Muxlislarning eski munosabati qaytishini istardim. Aynan o’sha muxlislar stadionga keladi», – deya ispaniyalikning so’zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

So’nggi o’yinda «Manchester Siti» o’z maydonida «Tottenxem»ni 4:2 hisobida mag’lub etdi. Gvardiola shogirdlari APLda peshqadam “Arsenal”dan 5 ochko ortda qolib, ikkinchi o’rinda bormoqda.