Turkiyaning “Hatayspor” klubi hujumchisi, avvalroq Londonning “Chelsi” klubida o’ynagan Kristian Atsu Turkiyada vayronalar ostidan o’lik holda topildi. Bu haqda futbolchining agenti Murat Uzunmehmet o’zining twitter sahifasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda zamon.uz.
Eslatib o’tamiz, o’tgan hafta Turkiyada sodir bo’lgan dahshatli zilzilalar boshlanganidan beri Atsu qaerdaligi va ahvoli haqida hech narsa ma’lum emas edi. Avvalroq “Hatayspor” vakillari futbolchi fojia arafasida turk klubini tark etmoqchi bo’lganini ma’lum qilgandi.
Atsu 31 yoshida vafot etdi. Gana terma jamoasi futbolchisi faoliyati davomida Angliyaning “Chelsi”, “Everton”, “Nyukasl” va “Bornmut”, Portugaliyaning “Portu”, Ispaniyaning “Malaga” va boshqa klublarida o’ynagan. Atsu Turkiyaning “Hatayspor” klubiga 2022 yilning sentyabrida kelib qo’shilgan edi.