«Napoli» Ronaldu transferi bo'yicha to'liq keluvga erishishga ulgurmasa, uni ijaraga olishga tayyor

Manchester Evening News nashrining xabar berishicha, Italiyaning «Napoli» klubining o’zi Jorje Mendesh bilan aloqaga chiqqan. Xabarga ko’ra, neapolliklar portugaliyalik hujumchini transferlar oynasi yopilgunga qadar sotib olishni rejalashtirgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Italiya klubi 37 yoshli futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolamoqchi, agar ularning bu rejasi yoz ozirigacha amalga oshmay qolsa, jamoa rahbariyati Ronalduni ijaraga olish variantini ko’rib chiqadi.

Ayni paytda «Napoli» klubi Italiya chempionati turniri jadvalida 7 ochko bilan birinchi o’rinda bormoqda. Yevropa chempionlar ligasi musobaqasida esa jamoa «Ayaks», «Liverpul» va «Reynjers» klublari bilan bir guruhdan joy olgan.