Dunyo bo’yicha o’rtacha umr ko’rish yoshi ayollarda erkaklarga qaraganda sezilarli darajada yuqori. Tibbiyot jihatdan ham qiz bolalar yashovchan hisoblanadi, buning bir qancha sabablari bor;
-Zararli odatlar: Erkaklar orasida alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qo’yish holati ko’p uchraydi.
-Genetik omil. Erkaklarning jinsiy hujayrasida bitta X xromosoma bo’lishi ikki jins vakillari uchun xos bo’lgan kasalliklarni ham erkaklarda ko’proq namoyon bo’lishiga olib keladi.
-Endokrin omil. Yosh o’tishi bilan erkaklarning asosiy gormoni testosteron va yog’lar almashinuvi orasidagi jarayonlar erkaklarning ichki a’zolari atrofida yog’ to’planishiga sabab bo’ladi. Bu esa hayot sifatiga ta’sir ko’rsatadi.
– Stress. Odatda erkaklar oila boquvchisi sifatida hayotning katta qismini stressda o’tkazadilar, bu ham bir qancha kasalliklarning paydo bo’lishiga olib keladi.
SoglomHayot