Ular Iordaniyada o’tkazilgan o’smirlar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga qatnashmoqda.
Bu haqda Boks federatsiyasi axborot xizmatiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.
Xabarga ko’ra, finalda jang qilgan qilgan 11 nafar o’zbekistonlik bokschidan 6 tasi yakunda qit’a chempionligini qo’lga kiritdi. Shu tariqa o’smir yigitlar jamoasi musobaqani 6 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.
Oltin medalni qo’lga kiritgan sportchilar:
-48 kilogramm: Ilhom Ergashev
-50 kilogramm: Samandar Olimov
-70 kilogramm: Jafar Shahbozov
-75 kilogramm: Temur Abduvohidov
-80 kilogramm: Rahmonjon Qodirov
+ 80 kilogramm: Ozodbek Aliyev
Kumush medal sohiblari:
-52 kilogramm: Sunnatilla O’ktamaliyev
-54 kilogramm: Mironshoh Norqosimov
-57 kilogramm: Farruh To’laganov
-60 kilogramm: Mirzakamron Yunusov
-63 kilogramm: Hojiakbar Qudratov
Bronza medali sohibi:
-66 kilogramm: Sardor Dilolov