«Barselona» 2025 yilda Levandovski bilan shartnomani bekor qiladi

«Barselona» klubi va hujumchi Robert Levandovski o’rtasidagi shartnomani bandlari ma’lum bo’ldi.

Agar polshalik futbolchi «Barsa» safidagi uchinchi mavsumida (2024/2025) barcha o’yinlarning 55 foizidan ko’prog’ida ishtirok etmasa, klub u bilan shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo’ladi.

Levandovskining «ko’k-anorranglilar» bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.