Turkiya uchta qishlog'i bilan UNWTO (Jahon Sayyohlik Tashkiloti) ro'yxatida

BIRGI 2022 YILDAGI “ENG YaXShI TURIZM QIShLOQLARI” RO’YXATIGA KIRDI
Besh ming yildan ziyod tarixga ega, Saljuqiy va Usmonli uylari bilan bir qatorda Birgi, 2022 yilning eng yaxshi turizm qishloqlari ro’yxatiga kiritildi.
Birgi – Jahon Sayyohlik Tashkiloti (UNWTO) ro’yxatida Sakariyadagi Tarakli va Nevshehirdagi Mustafopashadan keyingi Turkiyaning uchinchi eng yaxshi turistik qishlog’idir.
Birlashgan Millatlaring Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) 2022 yilning eng yaxshi sayyohlik qishloqlarini e’lon qildi, bu butun dunyo bo’ylab sayyohlik bo’yicha eng yaxshi yo’nalishlar to’plamidir. 2022 yilgi ro’yxatga dunyoning o’n sakkizta davlatidagi 32 ta yo’nalish kiritilgan. Izmirning O’demish shahridagi Birgi qishlog’i innovatsiyalar va barqarorlikka sodiqligi, shuningdek, arxitekturasi va nomoddiy madaniy qadriyatlari tufayli ushbu ro’yxatga kiritildi.

Mahalliy va xorijiy mehmonlarni hayratda qoldiradi

Turkiyaning g’arbiy Egey mintaqasidagi eng unumdor yerlarida joylashgan Birgida serdaraxt tosh ko’chalar, XII asrga oid an’anaviy uylar va inshootlar mavjud.
Qishloq Izmir viloyatining O’demish shahridan yetti kilometr uzoqlikda joylashgan. YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan Efesga, shuningdek, mevali sharoblari bilan mashhur Shirinjega, Cheshme, Alachati va Seferihisar kabi dam olish maskanlariga yaqinligi tufayli mahalliy va xorijiy sayyohlarni o’ziga jalb etmoqda.
Go’zal Birgi eramizdan avvalgi 3000 yillarga borib taqaladigan ko’p yillik aholi yashash punktlariga ega. Qadimda Frigiyaliklar, Lidiyaliklar va Forslar tomonidan boshqarilgan Birgi, Pergamon qirolligi, Rim va Vizantiya imperiyalarining bir qismi edi. Qishloq Onado’li bekliklari davrida Aydino’g’ullari bekligining poytaxti bo’lgan. 1426 yilda Birgi Usmonlilar hukmronligi ostiga o’tdi va XVII asrga qadar ma’muriy va madaniy markaz bo’lib qoldi.

Birgi – ochiq osmon ostidagi muzey

Birgida qabrlar, masjidu maqbaralar bilan bir qatorda favvoralar, hammomlar va kutubxonalar kabi ko’plab tarixiy inshootlar mavjud bo’lib, ularning aksariyati Onado’li va Usmonlilar davriga tegishli. 200 dan ortiq ro’yxatga olingan asarlar joylashgan Birgi ochiq osmon ostidagi muzey sifatida ajralib turadi.
Onado’li beyliklari davrida qurilgan Ulu jome masjidi (Aydino’g’li Mehmet Bey masjidi) XVIII asr fuqarolik me’morchiligining eng ajoyib namunalaridan biridir. Chaqiraga saroyi, Imom Birgivi maqbarasi, Sandikog’lu saroyi, Dervishog’a masjidi va Ummu Sulton Shoh maqbarasi ham qishloqdagi diqqatga sazovor inshootlardandir.
Birgi 1996 yilda «qo’riqlanadigan hudud» deb e’lon qilingan. Birinchi qo’riqlanadigan qishloq bo’lishidan tashqari, Birgi 2012 yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’yektlari ro’yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, Birgi Turkiyaning Cittaslow (Sokin shahar) ga qo’shilishi uchun harakatlar davom etmoqda.
Birgi o’zining yam-yashil tabiati va mahalliy taomlari, shuningdek, tarixiy o’tmishi bilan mashhur. Ushbu maftunkor qishloqqa tashrif buyuruvchilar, shuningdek, qishloq aholisi bilan suhbatlashish imkoniyatidan bahramand bo’lishlari mumkin – haqiqiy mahalliy kafelarda yoki ko’hna chinorlar soyalari ostida Birgi madaniyati va tarixini o’z ko’zingiz bilan ko’rishingiz mumkin.

Quyidagilarni tatib ko’rmasdan Birgini tark etmang

Uning joylashuvi va atrofidagi qishloq xo’jaligi Birgining mahalliy gastronomik qadriyatlarini shakllantirgan. Bu, birinchi navbatda, Egey oshxonasi – sog’lom ovqatlanishning kashshofi – zaytun moylari, uzumzorlar, o’tlar va dengiz mahsulotlariga urg’u berish bilan mashhur.
Birgining maxsus mahalliy taomlari orasida butunlay tabiiy mahsulotdan tashkil topgan mashhur Egey nonushtasi mavjud. Boshqa ixtisosliklari – mahalliy tovuqlar bilan tayyorlangan kestirme sho’rva; qovurilgan yoki tabiiy barra sabzavotlardan tayyorlangan salatlar; sariyog’li keshkek (bug’doy/arpa va go’shtli), yasmiq sho’rva. Qishloqdagi eski tosh pechlarda quritilgan yana bir taom Besmet, O’demish qishlog’ida yetishgan kartoshkadan tayyorlangan turli taomlar, qora tut sharbati va Bozdag’ qori aralashmasidan tayyorlangan qor holvasi ham juda mashhur.