Bahodir Jalolov uchun ertaga muhim kun

Ertaga, 11 iyun tongida hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0-10) Nyu-York shahrida profboksdagi navbatdagi jangini o’tkazadi.

Unga Jek Mulovey (11 jang, 7 nokaut) raqiblik qiladi.

«Biz vazn o’lchash marosomidan o’tib oldik. Ertaga juda katta boks kechasida ringa ko’tarilaman! Bu professional boksdagi eng jiddiy raqibim. Chiroyli boks ko’rsatishga harakat qilaman!», dedi Bahodir.

Ushbu qiziqarli jang Uzreport TV kanalida erta tongda, 4:00 dan keyin namoyish etilishi rejalashtirilgan.