«Chelsi» klubi jamoaning 4 futbolchisi erkin agent sifatida jamoani tark etganini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko’ra, himoyachilar Andreas Kristensen va Jeyk Klark-Solter hamda xavbeklar Deniel Drinkuoter va Charli Musonda klubni tark etgan. Bu futbolchilarning London jamoasi bilan amaldagi kelishuvi yakuniga yetgan va futbolchilar jamoa bilan erkin agent sifatida xayrlashgan.
Kristensen – «Chelsi» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 2014 yildan buyon jamoada to’p surib kelayotgan edi. Drinkuoter esa 2017 yil «Lester»dan «Chelsi»ga o’tib, asosan boshqa klublarda ijarada to’p surdi.
Avvalroq, Antonio Ryudiger ham «aristokratlar» safini erkin agent sifatida tark etib, Madridning «Real» klubiga o’tgan edi.
Daniyalik himoyachi Kristensen uchun «Barselona» asosiy da’vogar sanalmoqda.