Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g'alabasiga erishdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida professional boks kechasi bo’lib o’tdi.

Super og’ir vaznda hamyurtimiz Bahodir Jalolov kolumbiyalik raqibi Xulio Sezar Kalimenogaga qarshi jang o’tkazdi. Kutilganidek, Jalolov jangning 37-soniyasidayoq raqibini nokautga uchratib, g’alabani o’z foydasiga hal qildi.

Shu tariqa, Jalolov professional boksdagi 9-jangini ham nokautli g’alaba bilan yakunladi.