Argentinada muxlis o'yin paytida jamoa murabbiyiga o'q uzdi

Argentina chempionati quyi divizionida «Ferro» jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Romero o’yin paytida o’q tegishi oqibatida yaralandi.

Sport Bible xabariga ko’ra, «Hurakan» – «Ferro» (3:1) jamoasi o’yinining 34-daqiqasida tribunadagi muxlislar guruhi tomonidan otilgan o’q to’satdan mehmon jamoa bosh murabbiyining yelka qismiga tekkan. Qayd etilishicha, ikki jamoa ishqibozlar guruhi o’rtasida janjal boshlangach, muxlislardan biri kutilmaganda o’q uzishni boshlagan va o’qlardan biri to’satdan murabbiyga tekkan.

Tribunadagi otishmadan keyin futbolchi va hakamlar yugurgancha maydonni tark etib, o’yin to’xtatilgan. Keyinroq yaralangan murabbiyning sog’lig’i yaxshi ekani, uning hayotiga hech narsa xavf solmayotgani ma’lum qilindi. Shunga qaramay, voqea bo’yicha jinoiy ish ochilgan.

sports.ru