Qatar davlati 2022 yil futbol bo’yicha jahon chempionatida sahroda ishqibozlar uchun maxsus lager tashkil qilmoqchi. Bu haqda xorijiy nashrlarga tayanib Zamon.uz xabar bermoqda.
“Jahon chempionati — 2022” Oliy qo’mitasining xalqaro aloqalar bo’yicha ijrochi direktori Fatma Al-Naimi musobaqa davomida futbol tomoshabinlarini joylashtirish yuzasidan fikrlarini bo’lishdi.
“Biz futbol ishqibozlari uchun eng yaxshi yechimlarni izlayapmiz. Mehmonxonalar, suzuvchi mehmonxonalar, kvartiralar loyihalarini ko’rib chiqyapmiz. Shuningdek, sahrodagi maxsus lagerlarda yashash imkoniyati ham paydo bo’ladi. Bu arab madaniyati bilan yaqinroq tanishmoqchi bo’lganlar uchun ajoyib imkoniyat sanaladi. Narxlar masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, Qatar qimmat davlat, faqat besh yulduzli mehmonxonalar bor, degan fikr mavjudligidan xabardorman. Ana shuni hisobga olib, har bir tomoshabin uchun ideal variant topa olishi ustida ishlayapmiz. Bundan tashqari turnir davomida barqaror muhitni ta’minlash maqsadida barcha masalalar bilan shug’ullanadigan xavfsizlik bo’limi mavjud. Qatarga kelishni rejalashtirgan har bir kishi uchun tajriba, ma’lumotlar almashish uchun Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Portugaliya, Rossiya va boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilamiz”,-deydi u.