Serbiyada o’tayotgan boks bo’yicha jahon chempionatining chorakfinal bahslarida so’nggi bo’lib ringga ko’tarilgan Madiyar Saidrahimov yarimfinalga yo’l oldi.
-92 kg vazn toifasida angliyalik Lyuis Uilyamsga qarshi kechgan jangda Madiyar Saidrahimov katta ustunlikka ega bo’ldi va 5:0 hisobida g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Shunday qilib O’zbekiston tarkibida faqat ikki bokschi – Abdumalik Xalakov va Madiyar Saidrahimov medal uchun kurashni davom ettiradigan bo’lishdi. Qolgan bokschilarimiz musobaqadan chiqib ketishdi.
Izohlarni ko`rish