Emmanuel Peti «PSJ» hujumchisi Neymarning holatidan norozi.
«Neymar ikki yildan beri foydasi tegmayapti. U endi raqiblarni birma-bir aldab o’tishga urinmaydi. Ammo bunday maosh va uzoq shartnoma bilan undan qutulish nihoyatda qiyin bo’ladi, ayniqsa, JCh-2022ga bir necha oylar qolgan paytda.
«PSJ»ning asosiy xatosi – Neymar bilan yangi shartnoma imzolagani. Neymar jamoaga umuman yordam bermagan bo’lsa, qanday qilib birdaniga to’rt yilga uzaytirish mumkin? Agar bu kelishuv bo’lmaganida, u bu mavsumda erkin agentga aylangan bo’lardi. Uning ketishi har ikki tomon uchun ham yengillik bo’lardi”, dedi Fransiyaning sobiq yarim himoyachisi RMC Sport nashriga.
Izohlarni ko`rish