Ana bo'lmasa! JCh-2022da dastlabki sensatsiya! Saudiya Arabistoni Argentinani mag'lubiyatga uchratdi

Hozirgina Qatarda bo’lib o’tayotgan jahon chempionati guruh bosqichining yana bir o’yini yakunlandi.

Dastlab Lionel Messi penaltidan hisobni ochdi. Birinchi bo’lib shunday hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo’limda esa arablar ikkita gol urishdi. 48-daqiqada Al Shehri hisobni tenglashtirgan bo’lsa, 53-daqiqada Al Dosari Saudiya Arabistonining g’alaba golini kiritdi.