Ronalduning “Manchester Yunayted”dagi kelajagi hamon katta savol ostida qolmoqda

Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusidan so’ng, uning “Manchester Yunayted”dagi kelajagi katta savol ostida qoldi. Hujumchi JCh-2022 guruh bosqichi o’yinlariga tayyorgarlik ko’rayotgan bir paytda, uning vakillari faol ravishda futbolchiga klub izlashmoqda. Chunki portugaliyalik hujumchi endi Manchesterda qolishi dargumon. “ESPN” nashrining xabariga ko’ra, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag Ronaldu endi klubda o’ynamasligini aytgan. Portugaliyalik futbolchi faoliyatini davom ettirishi mumkin bo’lgan variantlardan biri “Real Madrid” bo’lib turibdi.

 

Karim Benzema so’nggi daqiqada Fransiya terma jamoasining JCh-2022 tarkibidan chetlatildi. Hujumchi chap sonidan jarohat olgan va uch haftani o’tkazib yuboradi. Bu hujumchining mavsumdagi beshinchi jarohati bo’lib, shu tariqa “Real Madrid” fransiyalik futbolchiga o’rinbosar qidirishni tezlashtirishi mumkin. Ispaniyaning “Sport” nashri xabariga ko’ra, Krishtianu Ronalduning atrofidagilar “Qirollik klubi”ga uni Madridga qaytarishni taklif qilishgan.

 

“Krishtianu Madridga qaytishni xohlaydi. Uning “Atletiko”ga o’tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Ammo ular bunchalik qimmatga tushadigan transferni o’z zimmalariga olmoqchi emas. «Real Madrid» hozircha jim, ammo Benzemaning jarohati yangi rejalarni tuzishga majbur qilishi mumkin”, — deb yozadi “Sport” muxbiri Luis Migelsans. Jurnalistning aniqlik kiritishicha, Florentino Peres va Krishtianu Ronaldu hujumchi “Yuventus”ga ketganidan keyin ham yaxshi munosabatda bo’lib qolishgan.

 

Shu bilan birga, yana bir sharhlovchi Xose Feliks Dias Ronalduning “Santyago Bernabeu”ga qaytishi haqidagi mish-mishlarni yo’qqa chiqardi. Unga ko’ra, “Real Madrid” Benzemaning jarohatiga qaramay, qishki transfer oynasida Krishtianu yoki boshqa hujumchini sotib olmaydi. Fransiyalik futbolchi yo’qligiga qaramay, madridliklar jamoasida bitta taniqli hujumchi bor bu Mariano Dias. U so’nggi bir yarim mavsumda 16 o’yinda bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

 

Madridga qaytish Krishtianu Ronaldu uchun ajoyib variantidir. Agar “Real Madrid” uni qaytarib olmasa, portugaliyalik MLS klubi yoki Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Shira ma’lum qilgan. Biroq, bitta muammo bor Krishtianu Yevropa qolib, Chempionlar ligasida g’alaba qozonishni xohlaydi.