Abdumalik Xalakov jahon chempionati finaliga chiqdi

Boks bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalakov Serbiyaning Belgrad shahrida o’tkazilayotgan jahon chempionatida to’g’ridan-to’g’ri finalga chiqdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo’mitasi matbuot xizmati.

60 kg vazn toifasida yarim final jangi 4 noyabr kuni bo’lib o’tishi kerak edi. Eronlik bokschi Doniyol Shohbaxsh og’ir jarohat olgani uchun jang bekor qilindi, deb xabar berdi MOQ.

Xalakovning finaldagi raqibi Fransiya va Dominikan bokschilari o’rtasidagi bahs g’olibi bo’ladi.

Payshanba oqshomida terma jamoaning yana bir azosi Madiyar Saidrahimov (-92 kg) ham kubalik Xulio la Kruz bilan jang o’tkazadi.

olympic.uz