Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo'ldi

Belgrad shahrida yakuniga yetib borayotgan boks bo’yicha jahon chempionatida O’zbekiston sportchisi Madiyar Saidrahimov bronza medalini qo’lga kiritdi.

 

Bu haqda O’zbekiston Milliy Olimpiya Qo’mitasi xabar berdi.

 

Ta’kidlanishicha, -92 kg vazn toifasida ringga chiqqan Madiyar yarim finalda kubalik Xulio La Kruz bilan kuch sinashgan.

 

Afsuski, amaldagi olimpiada chempioniga qarshi bahsda unga biroz tajriba yetishmagan va musobaqani bronza medali bilan yakunlagan.

 

Shu tariqa yosh bokschi ilk jahon chempionatidayoq sovrindor bo’lmoqda.