Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) 2022 yil oktyabr oyi uchun shaxmatchilar reytingini e’lon qildi (https://ratings.fide.com/top_lists.phtml).
Unga ko’ra, tarixda birinchi marta birdaniga 4 nafar o’zbek shaxmatchisi TOP-100 talikdan joy oldi:
31. Nodirbek Abdusattorov (2713 ochko);
69. Rustam Qosimjonov (2670 ochko);
80. Nodirbek Yakubboyev (2663 ochko);
92. Javohir Sindarov (2654 ochko).
Reytingda Magnus Karlsen (Norvegiya), Din Lijen (Xitoy) va Yan Nepomnyashiy (Rossiya) yetakchilik qilmoqda.
Izohlarni ko`rish