Samarqandda bo’lib o’tgan XVII jahon chempionatida Belarus g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’rinni Rossiya egalladi.
Chempionatda 30 ga yaqin davlatdan kelgan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etdi. Ular 2 ta “NEXIA 3” avtomobili va 60 ta medallar to’plami uchun kurashdi.
Musobaqalar quyidagicha tashkil etildi:
▪️ishg’ol qilish narvonida ikkinchi va to’rtinchi qavatga ko’tarilish,
▪️100 metrga to’siqlar osha yugurish,
▪️yong’in o’chirish estafetasi,
▪️jangovar yoyilish yo’nalishlari.
Navbatdagi chempionat 2023 yilda Turkiyada tashkil etiladi.
Izohlarni ko`rish