2 nafar ayol bokschimiz yarim finalga yo'l oldi

Bugun, 9 noyabr kuni boks bo’yicha Osiyo chempionatida ayol sportchilarimiz o’z ishtiroklarini davom ettirishdi.
-66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Navbahor Hamidova yarim finalda hindistonlik Boro Ankushitaga qarshi ringga ko’tarildi va 4:1 hisobida g’alaba qozondi.

Shuningdek, -75 kg vaznli Sohiba Ro’zmetova yarim finalda filippinlik bokschiga qarshi qiyin jang o’tkazdi va 3:2 hisobida munosib tarzda g’alabaga erishdi.

Ularni ushbu quvonchli g’alabalari bilan tabriklaymiz!