«Tottenhem» klubi hujumchisi Son Hyon Min Qatarda start oladigan mundialga qadar safga qaytishi ma’lum bo’ldi.
Janubiy Koreya milliy jamoasi sardori jahon chempionatiga borishini tasdiqladi. Avvalroq, koreyalik futbolchining Chempionlar ligasida olgan jarohati sababli Qatarga bora olmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
«Milliy jamoam libosida jahon chempionatida ishtirok etishni intizorlik bilan kutyapman. Tez orada Qatarda uchrashamiz, ko’rishguncha!», – deydi Son Hyon Min.
Eslatib o’tamiz, Janubiy Koreya H guruhida Urugvay, Portugaliya va Ganaga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki turda 24 noyabr kuni Urugvayga qarshi o’ynaydi.
Izohlarni ko`rish