XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

 

 

YaPONIYa HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Agar ovqatni chapillatib yesangiz, Yaponiyada ayb sanalmaydi. Aksincha, buni taom mazali ekani va minnatdorchilikka yo’yishadi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

2. Yaponiyada patriarxat hukm suradi. Kompaniyalar, tashkilotlar, firmalarda rahbar lavozimiga faqat erkaklar tayinlanadi. Restoran, kafelarda garchi ayol oldinroq kelib o’tirgan bo’lsa ham baribir birinchi bo’lib erkakka xizmat ko’rsatiladi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

3. Yaponiya qonunlariga ko’ra qiz bola o’n uch yoshga yetgach, erga tegish yoki tegmaslikni o’zi mustaqil hal eta oladi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

4. Rasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, Yaponiyada o’z joniga qasd qilish darajasi juda yuqori. Kuniga oltmish nafardan odam o’z joniga qasd qiladi. Bunga ko’pincha mamlakatdagi ish grafigi juda qattiqligi sabab bo’ladi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

5. Yaponiyaga tashrif buyurgan odam manzilini topa olmay qiynalishi tayin. Chunki bu mamlakatda ko’chalarga nom qo’yilmaydi. Uylarning raqami esa tartib emas, qurilgandagi qator bilan hisoblanib qo’yiladi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

6. Bu kunchiqar mamlakatda tungi klublar, diskotekalar taqiqlab qo’yilgan.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

7. Agar yurib ketayotib nimanidir yeya boshlasangiz, yaponlar buni tarbiyasizlikka yo’yishadi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

8. Yaponlar hujjatlarga hech qachon ruchka bilan imzo chekmaydi. Buning uchun ular yonida shaxsiy imzo muhrini olib yurishadi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

9. Yaponlar konservalangan mahsulotlarni xush ko’radi. Janob Kanso restoranida esa turli mamlakatlardan keltirilgan konservalangan mahsulotlar sotiladi. Faqat bu restoranda ofitsiantka yo’q. Mijoz o’ziga o’zi xizmat ko’rsatadi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

10. Yaponiyaning barcha shaharlarida, ayniqsa, aeroport, vokzallarda «Muhabbat mehmonxonasi» deb nomlangan alohida xonalar mavjud. Bu xonalar ko’chada uchrashish uchun imkoni yo’q sevishgan yoshlarga xizmat ko’rsatadi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

11. Yaponlar bir- biriga guldan ko’ra ko’proq mevalar sovg’a qiladi. Nega deysizmi? Do’konlarga kirib meva narxini ko’ring, qimmatligiga amin bo’lgach, meva haqiqatan guldan ham qimmatliroq sovg’a ekaniga tan berasiz.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

12. Yaponiya restoranlarida ofitsiantkaga choychaqa berilmaydi. Buni ular haqorat deb qabul qilishadi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG… (FOTO)

Olimjon HAYIT tayyorladi