Eyfel minorasini yaqindan ko’rmoqchisiz, ammo Parijga qachon borishingizni bilmaysizmi? Uni Google Earth’da ko’rishingiz, hattoki mashhur shaharning tinch ko’chalari bo’ylab sayr qilishingiz mumkin.
Lekin sayyoramizning hamma joyini ham Google Earth’da ko’rib bo’lmaydi. Shunday joylar ro’yxati borki, bu joylar surati xaritada xira yoki noto’g’ri, ba’zida esa butunlay o’chirilgan bo’ladi. Odatda bu xavfsizlik yuzasidan qilinadi, masalan, aeroportlar uchun. Biroq ro’yxatimizdagi joylarni nima uchun ko’rib bo’lmasligi noma’lum.
1. Ramshtayn (Germaniya) harbiy-havo bazasi. Ob’yekt ko’rinishi qisman qirqilgan.
2. Filippin orollaridagi Valensiya shahri. Aytishlaricha, bu shaharda hukumatning raketaga qarshi mudofaa bo’yicha shtab-kvartirasi joylashgan.
3. Rossiya, Sibirdagi yopiq shahar. Bu hududda nima joylashganligini hech kim bilmaydi. Mish-mishlarga ko’ra, bu sirli harbiy shahar yoki radiolokatsion stansiya bo’lishi mumkin.
4. Qirollik rezidensiyasi, Niderlandiya. Xyuis Ten golland monarxlarining qirollik saroyi yaqinlashtirganda juda xira ko’rinadi.
5. Farer orollari, Daniya. Xaritada yashirilgan joyda qandaydir harbiy inshootlar bor deb aytiladi.
6. Raketa shaxtasi, Ispaniya.
7. Kantega tog’i – Himolay tog’ining Nepaldagi eng baland nuqtasi.
8. Ionosfera tadqiqotlari komplekisi – (HAARP – yuqori chastotali ta’sir yordamida qutbiy shu’lalarni tadqiq qilish dasturi) AQShning Alyaskasidagi Gakona hududida joylashgan. Mish-mishlarga ko’ra, u yerda ob-havo bilan bog’liq tadqiqotlar, shuningdek, NUJ bilan bog’liq tajribalar o’tkazilgan.
9. Vengriyadagi Sazxalombatta shahridagi neftni qayta ishlash zavodi.
10. Niderlandiyadagi Volkel aviabazasi.
11. Beyker-Leyk – Shimoliy Kanadadagi inuitlar (yoki eskimoslar) hududi.
12. Iroqdagi Bobil (hozirgi Xilla) shahri.
13. “Gazprom” OAJ ijrochi direktori Aleksey Millerning uyi, Rossiya.
14. Yo’qolib borayotgan ko’pgina hayvon turlari yashaydigan Chilidagi Tantauoko milliy bog’i.
15. Shimoliy Koreya.
Shuni qo’shimcha qilish mumkin: Google Earth bilan Shimoliy Koreya o’rtasida butun bir tarix bor. Google Earth dasturi yo’lga qo’yilganida Shimoliy Koreya hududi to’ldirilmagan. Faqatgina uch yil oldin kompaniya ko’cha nomlari va hattoki qamoq lagerlarining tashqi ko’rinishlarini ham qamrab olgan ma’lumotlarni qo’shishga muvaffaq bo’ldi. Ilgari faqatgina mamlakat nomini ko’rish mumkin edi. Yangi urinish Shimoliy Koreyaning hali ham qanchalik noma’lum yoki noaniq bo’lib qolayotganini yaxshi tasvirlaydi.