1. «Muhtasham yuz yil» serialidagi Nigor kalfa obrazini barcha biladi. U ko’p millionli tomoshabinlarning suyukli qahramoniga aylanib ulgurgan.
2. Nigor kalfa rolini ajoyib aktrisa Filiz Axmet ijro etgan. U 1981 yil 15 aprel kuni Makedoniyada tavallud topgan.
3. Filizning ota-onasi va bobosi ham aktyorlar bo’lishgan. Filiz esa voyaga yetgach, tibbiyot bilim yurtida o’qishni ma’qul ko’rdi. Ammo kunlarning birida teatrga tushib «Ahmoq» spektaklini tomosha qildi-yu, taqdiri butkul o’zgarib ketdi. Filiz teatr san’ati akademiyasiga, keyin konservatoriyaga o’qishga kirdi.
4. Filiz o’zining aktyorlik faoliyatini 2001 yili boshlagan. Aktrisa sifatida ham Makedoniya, ham Turkiyada mashhur. Dunyoga tanilishida esa baribir «Muhtasham yuz yil» serialidagi roli muhim ahamiyat kasb etdi.
5. Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida to’liq ma’lumot yo’q. Faqat bir haqiqat mavjud. U bo’sh vaqtlarida dunyo kezishni xush ko’radi.
6. Serial qahramoni Nigor kalfaning taqdiri juda ayanchli kechadi. Buyuk vazir Ibrohim poshshaga bo’lgan javobsiz muhabbat tufayli o’zini jarga tashlab fojiali o’lim topadi.
7. Tarixiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, Nigor kalfa tarixda bo’lmagan. Serial ssenariysini yozgan Meral Okay tomoshabinlarni zeriktirib qo’ymaslik uchun shu obrazni o’ylab topgan.