JONIVORLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Qirg’iy faqat Islandiyada yashamaydi. Dunyoning qolgan barcha davlatlarida albatta qirg’iyni uchratasiz.
2. Xameleonning ko’zlari 380 darajagacha aylana oladi. Shu sababli bu jonivor boshini burmagan holda orqa, old va ikki yonini bemalol ko’ra oladi.
3. Tuyaqushning tuxumi pishishi uchun 40 daqiqa qaynatish talab etiladi.
4. Fransiyada kabutarni «uchuvchi kalamush» deb atashadi.
5. Shoqolning xromosomalari bo’ri va itlarnikidan ikkitaga ko’p.
6. «Sargan» balig’ining suyaklari yashil rangda bo’ladi.
7. Otning suyaklari odamnikidan 18 taga ko’proq.
8. Jirafning yuragi yer yuzidagi jami jonzotlar yuragidan kattaroq. Qon bosimi ham yuqoriroq.
9. Antarktidadagi baliqlarning qon harorati Selsiy bo’yicha 1, 7 darajagacha yetadi.
10. Kitning yuragi bir daqiqada 9 marta uradi.
11. Tovuq maksimum 13 soniyagina ucha oladi.
12. Pingvin dunyodagi suzishni biladigan, ammo ucha olmaydigan yagona qushdir.
13. Folklend orollarida atigi 2000 nafar fuqaro yashaydi. Ularning har biriga esa 350 tadan qo’y to’g’ri keladi.
14. Fil bosh miyasi vazni umumiy vaznining 27 foizini tashkil etadi.
Olimjon HAYIT tayyorladi