O’z vaqtida ”Klon” seriali ko’plab mamlakatlardagi kino shaydolarini ekranlar qarshisiga mixlab qo’ygandi. Serial ijodkorlari bizning tasavvurimizda ham o’sha davrlardagi kabi yosh va navqiron ko’rinishda qolganlar. Ammo vaqt o’tgan sayin ular ham o’zgarib bordilar. Serial ijodkorlari bugun qanday ko’rinishda va nimalar bilan mashg’ul?

Jovanna Antonelli

Ayni paytda aktrisa 43 yoshga kirgan, shaxsiy hayoti ham risoladagidek. U serialdan keyin haqiqatan xalqaro yulduz darajasiga qadar ko’tarildi. Ayni paytda Jovanna hamon turli teleseriallar va filmlarda suratga tushib keladi.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Murilu Benisiu

Ayni paytda 47 yoshda bo’lgan aktyor ham halqaro darajadagi mashhurlikka shu serial orqali erishgan edi. Hozirda u hamon ijod bilan band, tanqidchilar esa Muriluni eng iqtidorli aktyorlardan biri deya hisoblashdi. Aytganday, Murilu serialda Mel rolini ijro qilgan Debora Falabela bilan oila qurgan.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Karla Dias

Mitti va tinib-tinchimaydigan Hadichaning qanchalar ulg’ayganiga qarang. Ayni paytda Karla 28 yoshda, u ham filmlarda rol ijro qilish band.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Letisiya Sabatella

Ayni paytda 47 yoshda bo’lgan aktrisa hamon ijod bilan mashg’ul bo’lib keladi. U ijodiy faoliyati davomida xonandalikka ham qo’l urib ko’rgan.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Daniela Eskobar

Aktrisa 2005 yilga qadar ko’plab filmlarda suratga tushdi, ammo shundan keyin barcha takliflarga rad javobini bera boshladi. U endilikda shaxsiy hayoti haqida qayg’urishi kerakligi va o’g’lining tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lmoqchi ekanligini aytgan. Keyinchalik yana bir necha serialda rol ijro qildi.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Debora Falabella

Aktrisa ayni paytda nafaqat televidenie, balki seriallarda ham suratga tushib keladi. Taqdir hazilini qarangki, «Klon» serialida ota va qiz rolini ijro qilgan aktyorlar keyinchalik oila qurishdi. Ayni paytda baxtli hayot kechirib kelmoqdalar.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Stefani Britu

Bebosh Samira roli ijrochisi Stefani Britu ayni paytda 31 yoshda. Aktrisa braziliyalik futbolchi bilan oila qurgan.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Dalton Vig

O’z rafiqasiga telbalarcha oshiq bo’lgan Said roli ijrochisi Dalton Vig ayni paytda  vaqtining aksariyat qismini oilasi uchun sarflash bilan band. Uning ikki nafar egizak o’g’illari bor.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)

Niveya Stelmann

Saidning ikkinchi rafiqasi Raniya rolini ijro qilgan Niveya Stelmann ijod bilan shug’ullanish barobarida ikki farzandining tarbiyasi uchun ham vaqt topa oladi. Aktrisa tadbirkor Markus Rosha bilan oila qurgan.

«Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto) «Klon» seriali aktyorlari bugun qanday ko'rinishda? (foto)