Aksariyat insonlar, jumladan milliarderning rafiqalarini faqatgina hashamatli hayot haqida o’ylaydigan, kameralar qarshisida suratga tushishni xush ko’radigan, erlarining bitmas-tuganmas boyliklari og’ushida yashaydigan ayollar sifatida tasavvur qilamiz. Aslida esa dunyoning eng boy insonlari deya e’tirof etiladigan erkaklarning rafiqalari haqida unchalik ko’p narsa ma’lum emas.
Astrid Menks
Turmush o’rtog’i: Uorren Baffet, investor
Boyligi 84 milliard dollar
88 yoshli Uorren Baffet investitsiyalar bilan yoshlik paytlaridan beri shug’ullanadi. U o’zining birinchi rafiqasiga Syuzan Baffetga 1952 yilda uylangan. Ammo turmushi omadli bo’lmagach, 1970 yillarda Astrid ismli qiz bilan oila quradi. Eng qizig’i, Uorren Baffet birinchi ayolini uning o’limiga qadar doim hurmat qilgan, Astrid Baffet ham erining sobiq rafiqasiga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo’lgan.
Melinda Geyts
Turmush o’rtog’i: Bill Geyts, tadbirkor
Boyligi: 90 milliard dollar
Dunyodagi eng boy insonlar ro’yxatida ikkinchi o’rinda turadigan Bill Geyts rafiqasi Melinda Geyts bilan bundan 25 yil avval turmush qurgan. Ularning uchrashuv tarixlari juda qiziq bo’lgan. Melinda Microsoft kompaniyasida multimedia mahsulotlari bilan anchadan beri ishlardi. Qiz korporatsiya rahbari bilan tanishgan paytlari yuqori lavozimlarning birini egallab ham bo’lgandi. Melinda Geyts behad o’qimishli qiz bo’lgan, ammo oila qurgach, o’z hayotini eri va farzandlari uchun bag’ishlashga qaror qildi. 2000 yilga kelib eri bilan birgalikda Bill va Melinda Geyts xayriya fondiga asos soldilar. Bu ayni paytda dunyodagi eng katta fond hisoblanadi.
Pristsilla Chan
Turmush o’rtog’i: Mark Sukerberg, CEO Facebook
Boyligi: 71 milliard dollar
Pristsilla ikki farzandli bo’lsa ham haligacha eri va uning nufuziga mos emasligi haqidagi gaplarni eshitib keladi. Ammo ayol bunga hech qanday e’tibor qaratmaslik qaroriga kelib bo’lgan. Uning uchun muhimi – Markning muhabbati.
Mark bo’lg’usi rafiqasi bilan Garvard universitetida o’qib yurgan paytlari tanishgan. U Markning g’oyalariga qattiq ishongan birinchi insonlardan edi. Bugungi kunda juftlik ikki nafar farzandni voyaga yetkazish bilan birga xayriya masalalari bilan shug’ullanishadi.
Dayana Teylor
Tanlagan yori: Maykl Blumberg, Bloomberg agentligi asoschisi, Nyu-Yorkning sobiq meri
Boyligi: 50 milliard dollar
Dayana Teylor va Maykl Blumberg rasmiy ravishda oila qurmagan, ammo butun dunyo ularni eng mustahkam oilalardan biri deb biladi. Afsonaviy Bloomberg asoschisi Nyu-York shahriga mer etib tayinlanganda, Dayana Teylor ham siyosat ishlariga qiziqib qoldi. Ayni paytda ushbu juftlik biznes va siyosat bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari xayriya ishlarini ham e’tiborsiz qoldirmaydilar.
Lyusinda Sausvort
Turmush o’rtog’i: Larri Peydj, Google asoschisi
Boyligi: 48,8 milliard dollar
Larri Peydj rafiqasi juda ham qiziq ayol: OAV unga qanchalik qiziqmasin, o’zi haqida hech kimga hech narsa aytmaydi. Juftlik 2006 yilda tanishgan bo’lsa, oradan bir yil o’tib turmush qurganlar. Aytishlaricha, Lyusinda namunali oila farzandi va o’zi ham ta’lim sohasidagi yutuqlari bilan tillarga tushgan. U biologik tahlillar va tadqiqotlar bilan shug’ullanadi. Er-xotinning ishi haddan tashqari ko’p va qiziqishlar ham yetarlicha bo’lsa-da oilaga vaqt ajratish uchun doim imkon topishadi.