XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

KAKTUS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Kaktus yer yuzida bundan 35 million yil oldin paydo bo’lgan.

2. Kaktus Yevropada Kolumbga qadar umuman mavjud bo’lmagan.

3. Kaliforniyada shunday kaktus turi borki, uning bo’yi 20 metrgacha yetadi.

4. Kolumb o’zining kundaliklarida yovvoyi qabilalar kaktus yeyayotgani haqida yozib qoldirgan.

5. Kaktusdan sanoatda ichimliklar, sovun, shampunlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

6. Meksikada fermerlar kaktusni qoramollarga yem sifatida ishlatishadi.

7. Dunyodagi eng jajji kaktus blossfeldin deb atalib, bo’yi atigi 3 santimetrgacha yetadi.

8. Argentinadagi mashhur do’mbiralarning qorin qismiga kaktus po’stlog’i qoplanadi.

9. Dunyodagi yagona kaktus bog’i Monako knyazligida bunyod etilgan.

10. Dunyo bo’yicha kaktusning 3 mingta turi mavjud.

11. Janubiy Amerikadagi aborigenlar uzoq vaqt kaktus ignasidan jarrohlik amaliyotlarida foydalanishgan.

12. Noma’lum sabablarga ko’ra itlar va bo’rilar kaktusdan juda qo’rqishadi.

13. Janubiy Amerikadagi eshaklar kaktusni sevib iste’mol qiladi. Ular oldin tuyoqlari bilan kaktusning tikonlarini tushirib tashlab, ana shundan keyin yeyishni boshlashadi.

14. Meksikada yangi yil archasi o’rniga bo’ydor kaktuslardan foydalanishadi.

15. Kaktuslarning aksariyati 60-65 darajagacha bo’lgan issiqqa ham bardosh bera oladi.

16. Kaktusning 75-90 foiz qismi suvdan tashkil topgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…