«YouTube» ilovasida «Shazam»ga o'xshash sozlama paydo bo'ladi

«YouTube» ilovasida «Shazam»ga o’xshash sozlama paydo bo’ladi.

Ilovaning «Android» uchun sinov versiyasiga qo’shiqni audio parcha bo’yicha topish funksiyasi qo’shildi, «YouTube» qo’shiqni tanib olishi uchun bor-yo’g’i 3 soniya yetarli.

Bundan tashqari, ilova siz istagan musiqani topishi uchun qo’shiq parchasini kuylash/hushtak chalish kifoya, shundan so’ng xizmat rasmiy video (agar mavjud bo’lsa) va trek ishlatilgan boshqa videolarni topib beradi.