Murakkab parol: Xar bir hisobingiz uchun qiyinroq paroldan foydalaning. «123456», «parol» (hamda ismingiz, tug’ilgan yilingiz) kabi parollar o’rnatilishiga tavsiya etilmaydi. Undan ko’ra parolingizda ko’proq xarflar, sonlar va maxsus belgilar ishlating.
Ikki faktorli autentifikatsiya: Iloji boricha, ikki faktorli autentifikatsiya (2FA) ishlating – bu himoya usulida nafaqat parolingiz, hamda smartfoningizga keladigan tekshiruv kodi so’raladi. Ushbu paytda 2FA ishlatadigan eng dolzarb ilova – bu Google Authenticator.
Ijtimoiy tarmoqlarda xavfsizlik: Internetga shaxsiy ma’lumotlar joylaganingizda extiyot bo’ling. Yomon niyatli shaxslar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanib, sizga nohushliklar olib kelishi mumkin.
Izohlarni ko`rish