Sentyabr oyida Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarldari va AQSh prezidenti o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tadi.
Uchrashuv AQSh prezidenti tashabbusi bilan Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida bo’lib o’tadi.
Bu haqida bugun AQSh Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo’yicha qo’mitasi raisi Geri Pitersning O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi vaqtida ma’lum bo’ldi.
Shavkat Mirziyoyev va Geri Piters shuningdek mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, qo’shma loyihalarni ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi.
Izohlarni ko`rish