Bodom

Qadimdan bodom shifobaxsh mahsulot sanaladi. Uning mag’zida organizm uchun foydali bo’lgan ko’plab mikroelementlar borligi aniqlangan. Shirin bodomni iste’mol qilish oshqozon yarasi va gastrit paydo bo’lishining oldini oladi. Insonlar uchun bodomning foydaliligi shundaki, uni kuchli jismoniy zo’riqishlardan keyin iste’mol qilish organizmning qisqa vaqt ichida “o’ziga kelishiga” yordam beradi. Yosharish istagidagilarga bir kunda 200 grammdan kam bo’lmagan miqdorda bodom iste’mol qilishlari tavsiya etiladi. 

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Ko’k choy

Olimlar o’tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, ko’k choy qandli diabet paydo bo’lishining oldini olib, imunitet oshishiga, ortiqcha vaznni yo’qotishga hamda terining yaxshi saqlanishiga yordam beradi. Bir kunda 0,5 litr ko’k choy ichish lozim.

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Qo’y go’shti

Dietologlar tomonidan doimo go’zal bo’lishni istagan ayollar uchun tavsiya qilinadigan eng yaxshi mahsulot qo’y go’shtidir. U sink, marganes hamda testosteron moddasining faol ishlab chiqarilishi uchun kerak bo’ladigan minerallarga boy. Darvoqe, organizmda ushbu modda sport, fitness, raqs kabi jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanganda ishlab chiqariladi. 

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?

Shampinon qo’ziqorinlari

Hech bir bayram dasturxoni shampinon qo’ziqorinlarisiz o’tmaydi. Ularni tayyorlash oson, shuningdek, tomirlardagi holesterindan tozalavchi eng yaxshi mahsulotlardan biri ham. Shampinonda omega-3 yog’ kislotasi mavjud. Ichaklardagi singish, so’rilish jarayoni tufayli ular holesterinning ko’payishiga hamda organizmda tarqalishiga yo’l qo’ymaydi. Kunlik me’yorda 125 grammdan kam bo’lmagan shampinon qo’ziqorinlarini iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yoshartiruvchi ozuqa maxsulotlari qaysilar?