Xalqaro banknotlar Uyushmasi (International Bank Note Society – IBNS) tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, 10 talik Kanada dollari 2018 yilning eng chiroyli pul birligi deb topildi.
O’tgan yili 150dan ortiq yangi banknotalar muomalaga kiritiladi. 15 ta kupyura ular orasidan tanlab olindi.
Ovoz berishning dastlabki bosqichidayoq Kanadaning 10 dollarligi yaqqol ustunlik qilayotgandi. Kupyuraning bir tomonida Kanadaning mashhur huquq himoyachisi Viola Desmond tasviri tushirilgan. Bu banknotada tasviri tushirilgan birinchi ayol sanaladi.
Kupyuraning ikkinchi tarafida esa Vinnipegdagi inson huquqlari muzeyi tasvirlangan.
Izohlarni ko`rish