TISh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Tishdagi kalsiy miqdori organizmdagi jami kalsiyning 99 foizini tashkil etadi.

2. Odamning tish emali tarkibi akuladagi tish emali tarkibi bilan deyarli bir xil.

3. Odamning tishi qayta tiklanmaydi va qayta ishlanmaydi. Shuning uchun yaroqsiz holga kelgan tish yo vaqtinchaga davolab qo’yiladi, yo olib tashlanadi.

4. Bolalardagi «sut tishlar» degan atamani Gippokrat kashf etgan. U chaqaloqning ilk tishlari ona sutini emishi natijasida paydo bo’ladi deb hisoblagan. U adashmagan. Haqiqatan ona sutida tishlar uchun eng foydali hisoblangan kalsiy ko’pchilikni tashkil etadi.

5. Inson organizmidagi eng baquvvat mushaklar uning jag’i hisoblanadi.

6. Dastlab tish qo’yish amali Qadimiy Misrda paydo bo’lgan. O’shanda bemorga murda yoki qullarning tishi qo’yilgan.

7. So’lak tish emalini ko’pgina balolardan asraydi. So’lak tarkibida bakteriyaga qarshi moddalar bo’lib, ular tishni kariesdan asrab turadi.

8. XIX asrda boy aristokratlardan biri mashhur fizik Isaak Nyutonning tishini o’sha zamon kursi bo’yicha 40 ming dollarga sotib olgan. Keyin uni esdalik uchun tilla uzugi ichiga joylashtirgan.

9. Janubiy Amerikada qadimiy ink qabilasi vakillaridan birining jag’i faqat sun’iy tishlardan iborat ekani aniqlangan.

10. Xitoy respublikasi asoschisi Mao Szedun tish tozalash bo’lmag’ur mashg’ulot deb hisoblagan. Buning o’rniga ko’proq ko’k choy ichishni ma’qul ko’rgan. Uning aytishicha, ko’k choy tishlarni pastadan ham yaxshiroq tozalarmish. Og’izdan keladigan yoqimsiz hidni ham yo’q qilarmish.

11. Afsonalarga ko’ra, Buddaning 40 ta, Odam Atoning esa 30 ta tishi bo’lgan. Shundan kelib chiqib bir oy 30 kundan iboratligi ta’minlangan ekan.

12. Olimlar shokolad tishlarni kariesdan saqlashini ilmiy jihatdan isbotlashgan.

13. Yapon olimlari o’tkazgan izlanish natijasi shuni ko’rsatganki, kuniga uch marta tish tozalaydiganlar semirish xavfidan yiroq bo’lisharkan.

14. Boshqa bir olimlar guruhi esa tish va xotira orasidagi bog’liqlikni aniqlashgan. Ma’lum bo’lishicha, tish qanchalar sog’lom bo’lsa, xotira shuncha kuchli bo’larkan.

Olimjon HAYIT tayyorladi