Agar odamda baxtsizlik ro’y bersa, u ko’pincha yig’laydi. Yig’lash — bu ma’yuslikni eng xavfsiz ravishda ifodalash usuli.
Stress paytida organizm faqat ko’z yoshlari bilan chiqadigan leysin-enkefalin va prolaktin deb ataluvchi zaharlovchi moddalarni sintezlaydi.
Odam yig’lasa, u o’zini yengilroq his qilishi tasodifan emas.
Salbiy hissiyotlar yig’ilaveradi va ertami-kechmi chiqishning boshqa yo’lini topadi. Hissiyotlarni ushlab turish asab tizimida o’z aksini topishi va yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.
Bundan kelib chiqadiki, ko’z yoshlari — asabiy taranglikni yo’qotishning va organizmdan zararli moddalarni chiqarishning eng yaxshi usuli ekan. Shuningdek, ular qon bosimini normallashtiradi, organizmning infeksiyalarga qarshiligini kuchaytiradi va me’da-ichak yo’li kasalliklarining rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Yozuvchi Uilyam Shekspir ko’z yoshni «Ayollarning quroli» deb atagan.