* * *
— Azizim, oxirgi marta so’rayman, men sizni ayol sifatida umuman qiziqtirmaymanmi?
— Singlim, menam oxirgi marta aytaman, men stomotologman, ginekologiya bo’limi yo’lak oxiridan chapda!
* * *
Jo’ja makiyon onasidan so’radi:
— Oyi, meni laylak olib kelganmi?
— Ha, o’g’lim, faqat dadangga aytmagin!
* * *
Bosh pochtampt rahbaridan so’rashdi:
— Xatlarni qay tarzda egalariga tarqatasizlar?
— Pochtachi yetkazadi.
— Yo’q, men boshqa shaharga yetkazishni nazarda tutdim.
— Aytdim-ku, pochtachi yetkazadi!
* * *
Erkak do’stidan so’radi:
— Yangi yil bayramida xotiningga nima sovg’a qilding?
— Taylandda dam olib qaytishga yo’llanma sovg’a qildim.
— U senga nima sovg’a qildi?
— Taylandga uchib ketdi.
* * *
Arman radiosidan so’rashdi:
— Nega muxbirning bolalari juda asabiy bo’ladi?
— Chunki homila uch oylik bo’lgach, uni «Oyim meni oldirib tashlamasmikan?», degan savol qiynaydi. Olti oylikda «Dadam oyimga uylanarmikan?», deb qayg’uradi. Navbatdagi uch oylikda esa homila «Tug’ilsam-u, uch birday odam birgina muxbirning maoshiga qanday kun ko’rarkanmiz?» deb qiynaladi.
* * *
Erkak do’stiga maqtandi:
— Xotinim tilla ayol.
— Nimasi tilla?
— Ishdan qay payt qaytishimni juda yaxshi biladi. Kirib kelsam, stol ustida konyak, shokolad, bug’i chiqib turgan bir tovoq palov, ko’k choy deysanmi hamma narsa muhayyo bo’ladi. Vey, hatto uyning havosi almashib tursin deb derazalarniyam ochib qo’ygan bo’ladi.
* * *
Yigit qaynonasinikiga kelsa, qaynona hovlida qo’lida supurgi tutgan holda turibdi. U so’radi:
— Oyijon, uy yig’ishtirmoqchimidingiz yo biror yoqqa uchmoqchimidingiz?
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Ishonasanmi, sinfdoshimiz Eshmat xizmat safariga ketgandi. Aslida shanba kuni qaytishi kerak ekan, u payshanba kuni qaytibdi. Shu kuni xotini o’ynashini chaqirgan ekan. Eshmat ularni birga tutvolibdi-yu, o’ynashini o’ldiribdi!..
— Ha, dahshat! Agar Eshmat seshanba kuni qaytganda, meni o’ldirardi!
* * *
Erkak do’stining dala hovlisiga mehmon bo’lib kelgandi. Dala hovli egasi so’radi:
— Do’stim, senga ovqatni toza tovoqqa suzaymi, yo yuvilganigami?
— Albatta tozasiga suz!
Ovqatdan bir necha qoshiq yeyishgach, mehmon do’stidan so’radi:
— Toza deganing qanaqa-yu, yuvilgani qanaqaydi?
— Yuvilgan tovoqni o’zim yuvganman. Tozasini mushugim yalab tozalab qo’ygan.
* * *
Xotinning topilmasi, yaxshisi, erining suyuklisi:
— Sizni ko’rishga ko’zim yo’q! Siz cho’chqadan battarsiz! Marazsiz! Xudo joningizni olsin iloyim!.. Voy, tavba, tavba, tavba!.. Qorningizam ochib ketgandir-a? Oshni suzib kelaveraymi?
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit