2024 yilning kuz faslida Yer qisqa vaqt ichida ikkinchi Oyga ega bo‘ladi. Bu haqda “The Guardian” yozmoqda.
Tadqiqotga ko‘ra, o‘lchami taxminan avtobusga teng bo‘lgan asteroid joriy yilning 29 sentyabrdan 25 noyabrigacha sayyora orbitasida aylanib, “mini-oy”ga aylanib, Yerning tortishish kuchini ushlab turadi.
“Shundan keyin u “uyga” – Quyosh atrofida aylanadigan asteroid kamariga qaytadi”, deya yozgan nashr.
Ispaniyadagi Complutense de Madrid universiteti professori va tadqiqotning yetakchi muallifi Karlos de la Fuente Markos asteroid “Arjuna kamari”ga qarashliligini bildirgan.
“Ushbu asteroid “Arjuna kamari”ga tegishli bo‘lib, ular Yerdagi orbitalarga o‘xshash orbitalarda harakatlanuvchi kosmik jismlar guruhiga kiradi”, degan Markos.
Unga ko‘ra, “Arjuna kamari”dan ba’zi asteroidlar Yerga taxminan 4,5 million kilometr masofada yaqinlasha oladi. Taxminan soatiga 3540 kilometr tezlikda Yerning tortishish kuchi ularning harakatiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Bu esa asteroidning orbitaga vaqtincha qo‘nishi va sayyoraning sun’iy yo‘ldoshiga aylanishiga olib kelishi mumkin.
Biroq, “mini-sun’iy yo‘ldosh”ni faqat professional teleskop egalari kuzatishi mumkin. Havaskor asboblar va durbinlar buni ko‘ra olmaydi – asteroid ular uchun juda kichik va xira bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar tomonidan tarixda birinchi marta Oyda g‘or topilgandi. Bu g‘or nazariy jihatdan Yerning sun’iy yo‘ldoshida yashash uchun qulay baza o‘rnatishda ajoyib imkoniyat bo‘lishi mumkin. Radar yordamida aniqlangan ushbu g‘orning chuqurligi kamida 100 metrni tashkil qiladi. Biroq, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bu g‘or Oyning hali o‘rganilmagan yerosti dunyosida yashiringan yuzlab shunga o‘xshash g‘orlardan biri.