Yaponiyada o’zbek tili bo’yicha darslik nashr etildi, deb yozmoqda Sputnik nashri.
Uni Tokio chet tillar universiteti xodimi Xidaka Sinsuke tayyorlagan. Qo’llanma lotin alifbosi asosida yozilgan bo’lib, 160 sahifa va 20 ta darslikdan iborat.
Og’zaki nutqni rivojlantirish uchun audio darslar ham mavjud.
Muallifning so’zlariga ko’ra, bu kitob O’zbekistonda tarjimonsiz sayohat qilish va ish safari qilish imkonini beradi.
Qo’llanma 2024 yil 29 yanvarda sotuvga chiqariladi.
Izohlarni ko`rish