1. Qadimiy Vavilonda yangi yil bayrami bahor oyiga to’g’ri kelgan. Bayram kuni shoh saroydagi jami ayyonlarini olib shaharni tark etgan. Xalq esa tuni bilan ko’chaga chiqib yangi yil bayramini nishonlagan.
2. Mikroneziyada ham yangi yil 1 yanvar kuni kutib olinadi. Oroldagi barcha odamlar yangi yil kuni o’zi uchun yangi ism o’ylab topadi va bu haqda yaqinlarining qulog’iga shipshitadi. Qarindoshlarning bir qismi esa yangi ismni yovuz ruhlar eshitib qolmasligi uchun bor kuchi bilan do’mbira chalib turadi.
3. Ba’zi xalqlarda yangi yil arafasida eng ezgu orzusini odamlar qog’ozga yozib qo’yishadi. Soat 00: 00 ga bong urganda, qog’ozni yoqib yuborishadi. Agar qog’oz bong urish to’xtagunga qadar yonib bitsa, bu orzu albatta ushaladi deya hisoblashadi.
4. Yangi yil arafasida Tibetda o’tgan odamga bir bo’lakdan pishiriq tarqatishadi. Yangi yilning barakali kelishini tarqatilgan pishiriqlar soni bilan bog’lashadi.
5. Braziliyada yangi yilning asosiy taomi yasmiqdan tayyorlangan sho’rva hisoblanadi. Aytishlaricha, yasmiq baxt va boylik keltirarkan.
6. Avstriyada kaklik Baxt qushi sifatida qadrlanadi. Shuning uchun yangi yil dasturxoniga ham bu qushning go’shti tortilmaydi.
7. Germaniyada Santa Klaus bolalarga sovg’ani deraza tokchasiga tashlab ketadi. Shvetsiyada esa u bolalar uchun atalgan sovg’ani pechkaning ichida qoldiradi.
8. Afrika davlatlarining ko’pida qish bo’lmaydi. Shuning uchun ular Qorboboga o’zlari ism o’ylab topishgan. Masalan, Kambodjada Qorboboni Issiq bobo deb atashadi.
9. Skandinaviyada yangi yil dasturxoniga guruchli bo’tqa tortishadi. Bo’tqaning ichiga esa bir dona bodom yashirilgan bo’ladi. Uni kim oldin topsa, o’sha yil bo’yi baxtli va boy yashaydi deb o’ylashadi.
10. Qadimda Qorbobo hech kimga sovg’a ulashmagan. Aksincha odamlar Qorboboga sovg’alar hadya etgan.
Yangi yilingiz sizga baxt va boylik olib kelsin!
Olimjon HAYIT tayyorladi