* * *
Er haftalik xarajatlarni hisoblab borishni xotiniga topshirgandi. Bir hafta o’tgach, xotini unga bir qog’oz tutqazdi. Unda quyidagilar yozilgandi:
— Go’sht- besh ming so’mlik.
— Non- yetti yuz so’mlik.
— Benzin- to’rt ming so’mlik.
— Boshqa mayda-chuydalar- yuz ming so’mlik.
* * *
— Paypog’ingni yuvadigan bo’libsanmi? Qayoqdan quyosh chiqdi-a?
— E, uxlashga xalal beryapti. Uyqu orasida oyoqlarimni bir-biriga ishqalab qo’ysam, uchqun chiqib xona yorishib ketyapti.
* * *
Muallima beshinchi sinf o’quvchilarini yangi qurilayotgan binoga sayohatga olib bordi. U yerda halokat yuz berdi. Quruvchi yuqori qavatdan tushib ketdi.
Sinfxonaga qaytishgach, muallima o’quvchilardan so’radi:
— Qani, Nargiza, amaki nima sababdan yuqoridan tushib ketdi?
— Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan bo’lsa kerak.
— To’g’ri, qani, Bozorgul, sen nima deb o’ylaysan?
— To’yib ichib olgan bo’lsa kerak.
— Bu ham bo’lishi mumkin. Xo’sh, Eshmatvoy, sen qanday o’ylaysan bu xususda?
— U onamni haqorat qilgani uchun yiqilib tushdi.
— Qanaqasiga?
— O’z qulog’im bilan eshitdim. U «He onangni, narvonni silkitma!» deb baqirayotgandi.
* * *
Ikki jinni uyda o’tirib zerikishdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Nima qilsak ekan? Choy qo’yaymikan?
— Qo’y!
— Keyin nima qilamiz?
— Keyinmi? Qaynagan suvni choynagi bilan muzlatkichga qo’y! Qaynoq suv tursa ziyon qilmaydi.
* * *
— Eshitishimcha, sen mahalliy futbol jamoasida to’p surayotganmishsan. Rostmi?
— Ha.
— Hisobingda qancha gol bo’ldi shu kungacha?
— Ikki yuzta.
— O’, yaxshi hujumchi ekansan-da?
— Yo’q, yomon darvozabonman.
* * *
Ayol sug’urta idorasi xodimiga dedi:
— Men uzoq vaqt parhezda yurdim. Nihoyat shuncha qiynalishlardan so’ng baribir qomatimni tartibga keltirishga erishdim. Shu sababli mana shu qomatimni sug’urta qildirmoqchi edim.
— Yaxshi, biz rozi.
— Voy, nega darrov rozi bo’lyapsiz? Birdan semirib ketishimdan cho’chimayapsizmi?
— Xonim, bizning narxlarni hisobga olganda, buning sira qo’rqadigan joyi yo’q.
* * *
— Do’xtir, men har kecha bir xil dahshatli tush ko’rib chiqaman. Tushimda besh-olti nafar ayol kelib kiyimlarimni yechmoqchi bo’laveradi. Men ularni urib haydaganim-haydagan.
— Xo’sh, men nima qilishim kerak?
— Iltimos, qo’llarimni sindirib tashlang!
* * *
Yo’l patrul xodimi «Jiguli» haydovchisini picha pul ishlab olish niyatida to’xtatdi. Haydovchi aytilgan pulni bergach, ketayotib alam bilan so’radi:
— Og’ayni, yo’l patrul xizmati xodimini «eshak» deb haqorat qilish mumkinmi?
— Yo’q, bu qonunga zid.
— Eshakka «o’rtoq serjant» deb murojaat etishga haqqim bordir?
— Albatta. Bu qonunda taqiqlanmagan.
— U holda, ko’rishguncha, o’rtoq serjant!
* * *
Sudya zaldagilarga qarata dedi:
— Yana kimda kim «Sudya yo’qolsin!» deb qichqiradigan bo’lsa, zaldan haydab solaman!
Oradan ma’lum vaqt o’tib kimdir qichqirdi:
— Yo’qolsin sudya!
Sudya:
— Ayblanuvchi, mening boyagi aytgan gapim sizga taalluqli emasdi!
* * *
— Bolajonim, qo’y, qo’shnining bolasini urma, terlab ketasan!.. Bolam, otangni halinchak qilib uchma, u halinchak bo’lish uchun o’zini osgani yo’q!
Olimjon HAYIT tayyorladi