XVIII asrda selfi tushgan musavvir kim edi?

Biz odatda portretlarda jiddiy qiyofalarni ko’rishga o’rganib qolganmiz. Ularda yuzning biror bir muskuli qilt etmaydi. Shu ma’noda XVIII asrda kimdir bugungi zamonaviy usulda avtoportretlar ishlaganini tasavvur qilish qiyin.

Jozef Dyukryo (1735-1802, Fransiya, Nansi) odamlar bir necha yuz yillardan keyin o’zlarini xuddi shu usulda fotoga olishlarini bilganga o’xshaydi. Albatta, o’sha davr selfisi haqida gapirish hazildek, chunki Dyukryo kelajakda odamlar o’zini o’zi rasmga olib selfiga tushishini tasavvur ham qilolmagan.

Gap shundaki, u fizognomikaga juda qiziqqan. Uni inson yuzining har xil holatlari o’ziga tortgan. Umuman olganda, o’zining portretlarida u ko’proq yuz harakatlarini aks ettirgan. Shundan «zamonaviy» obrazlar paydo bo’lgan.

Haqiqatan ham Jozef Dyukryo hayratlanarli musavvir. U, avvalo, o’zining ajoyib avtoportretlari bilan mashhur bo’lgan. Boshqa portretistlardan farqli o’laroq, o’zini kulgili holatlarda chizishdan uyalmagan. Shuning uchun uning asarlari nafaqat tasviriy, balki moddiy jihatdan ham bebaho. Qolaversa, bu asarlar bugungi kunda oramizda uchrab turadigan ayrim odamlarni eslatadi.

Yaxshilab tomosha qiling!a, uning portretlari juda noodatiy bo’lib, u xuddi XVIII asrdan turib kelajakka sayohat qilib kelganga o’xshaydi.

Lazizjon Bahranov.

Zarnews.uz

loading…