ShAFTOLI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Shaftoli tarkibida S vitamini juda ko’pchilikni tashkil etadi. Bir kecha-kunduzlik dozani olish uchun kuniga ikki dona shaftoli yeyish kifoya. Inson organizmida S vitamini yetarli darajada bo’ladi.
2. Maza qilib «zagar» olishni xohlaysizmi? Buning uchun quyosh tig’ida o’tirish shart emas. Shaftoli yeng. Uning tarkibidagi A vitamini tanangizga qo’shimcha quyosh tig’ini hadya etadi.
3. Shaftolini kompot qilasizmi, murabbomi, farqi yo’q, baribir u o’zidagi foydali xususiyatlarni yo’qotmaydi.
4. Amerikada o’nlab yillardan beri avgust shaftoli oyi sifatida e’tirof etiladi.
5. Xuddi o’rik kabi shaftolini ham quritilgan holda yeyish mumkin.
6. Shaftolining vatani Janubiy Amerika hisoblanadi.
7. Bir dona shaftoli yeb olsangiz, ancha vaqtgacha sizni to’q tutadi. Shu bilan birga u parhez mevasi hisoblanadi. Shaftoli tarkibida atigi 440 kkal mavjud.
8. Basketbol qanday paydo bo’lganini bilasizmi? Sportchilar shaftoli daraxtiga savatcha ilib qo’yib, unga qo’lbola to’pni irg’ita boshlashgan. Shundan keyin basketbol sporti paydo bo’lgan ekan.
9. Oshqozoningiz ovqatni yaxshi hazm qila olmayotgan bo’lsa, albatta shaftoli yeng. U ovqat hazm bo’lishida yordam beribgina qolmay, sizni tinchlantiradi.
10. Aytishlaricha, shaftolini me’yorida iste’mol qilish soch to’kilishiga ham barham berarkan.
11. Qadimiy Xitoyda shaftoli yeyish faqat imperator va uning yaqinlariga nasib etgan.
12. Shaftoli danagini yeb bo’lmaydi. Uning tarkibida zaharli sinil kislotasi bor.
13. Shaftoli yetishtirish bo’yicha Xitoy dunyoda yetakchilik qiladi.
14. Dunyoda shaftolining yassi ko’rinishdagi navi ham bor.
15. Shaftoli terini yumshatish xususiyatiga ega bo’lgani bois, kosmetologiyada ham undan unumli foydalanishadi.
16. Vengriyaliklar shaftolini xotirjamlik mevasi sifatida qadrlashadi. Haqiqatan, bu meva turi yurakdagi xavotir va bezovtaliklarni yo’q qiladi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…