BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Ma’lum bo’lishicha, Internet xuddi vaqt mashinasiga o’xsharkan. Chunki, Internetda Zadornov, Petrosyan bir yildan keyin aytadigan latifalarini bugunoq o’qib olsa bo’ladi.

 

* * *

 

Qiz dugonasiga dedi:

— Yigitlar go’zal va erishib bo’lmaydigan qizlarni sevisharkan. Men ham borib darrov bo’yanay-da, temir sandiqqa tushib olay!

 

* * *

 

Konservatoriya. Imtihon payti. Talaba Malika savdo markazida savdogarlik qiladi. Undan so’rashdi:

— Betxoven nechta simfoniya yozgan?

— Sonini bilmadim-u, lekin sifatiga javob!!!

 

* * *

 

E’LON:

— Sevgini maydalayman. Qaytimi berilishiga kafolot beraman.

 

* * *

 

— Afsus, eringizning olamdan o’tgani chatoq bo’libdi. U hali yashashi, yashashi va yashashi mumkin edi.

— Ha-a, uyda hali ikki haftaga yetadigan dori bor edi.

 

* * *

 

Ikki yigit uchrashib qolishdi.

— Kechirasiz, men sizni ilgariyam qaerdadir ko’rganman.

— Ha, men u yerga tez-tez borib turaman.

 

* * *

 

Kenguru uzoq vaqt osmonga tikilib turgach, o’ziga-o’zi dedi:

—  Yo’q, ikkita farzand ko’rishni cho’ntagim ko’tarmas ekan.

 

* * *

 

Ona o’g’ilchasini uxlatyapti:

— Bolajonim! O’zimning erkatoyim! Agar senga nimadir kerak bo’lib qolsa, darrov oyingni chaqirgin! Dadang shu zahoti yugurib yoningga keladi!

 

* * *

 

— Eshitishimcha, ering bilan yarashmoqchi ekansan. Rostmi?

— Ha, u yaramasning maza qilib yashashini tomosha qilishga ortiq toqatim yetmaydi.

 

* * *

 

Sudya sudlanuvchidan so’radi:

— Aybdor emasligingizni isbotlay olasizmi?

— Ha, menga muddat bering!

— Bo’pti, yetti yil yetadimi?

 

loading…