Ammo hamma ilonlarni ham Uorn bilan do’st tutingan Chamruenga o’xshash deb bo’lmaydi. O’zining kimligini oshkor qilishni istamagan qizning bo’g’ma ilon bilan do’stligi sal qolsa ayanchli yakun topishi mumkin edi.
Ko’pchilik oilalarning o’z sevgan uy hayvonlari borligini bilamiz. Kimdir uyida it, yana kimdir kabutar va yoki boshqa biror jonivor asrashi mumkin. Hatto yuqoridagi qahramonimizdek uyida ilon asraydiganlar va u bilan bitta karavotda uxlaydiganlar ham topiladi. Ammo garchi qo’lga o’rgatilgan bo’lsa-da, hayvon, baribir, hayvon ekanligini unutmaslik kerakka o’xshaydi. Nega deysizmi? Chunki yovvoyi tabiatda yashasa yirtqich deb tan olinuvchi jonivorlardan ba’zan xayolingizga ham kelmagan syurprizlarni kutish mumkin ekan.
Xullas, qizning bo’g’ma iloniga qaytamiz. Qizgina ilonini juda yaxshi ko’rar va qaerga borsa uni o’zi bilan birga olib yurardi. Biroq jonivor egasi tez orada bo’g’ma ilonining ozib ketayotganini payqab qoldi. Kunlarning birida esa ilon umuman ovqatga qaramay qo’ydi. Nega bunday bo’layotganini anglolmay boshi qotgan qiz noiloj veterinarga murojaat qildi.
Qizning baxtiga veterinar tajribali va ko’p narsani ko’rgan inson ekan. U qizgina hatto bo’g’ma ilon birga uxlashini bilganidan so’ng eshitganlaridan to’g’ri xulosaga chiqardi. Ma’lum bo’ldiki, jonivorning yemakdan tortilib qolganiga sabab bor, ya’ni bo’g’ma ilon biryo’la kattaroq narsa yeyishni ko’zlab turgan ekan!
Ha, ha, ilon o’z egasini yeyishga tayyogarlik ko’rib boshlagan va shu boisdan ham ovqat yemay qo’ygan. Chunki inson tanasi anchayin katta, shuning uchun ham sudralib yuruvchi jonivor ko’proq joy kerakligini bilib, yemakdan bosh tortgan.
Qizning esa omadi borligi aniq. Agar u vaqtida mutaxassisga murojaat qilmaganida barchasi fojiali yakun topishi ham mumkin edi. Demak, mabodo boshingiz aylanib, uyingizda bo’g’ma ilon asrashni niyat qilib qolsangiz ham, zinhor-bazinhor bu jonivorni haddan ortiq erkalatib yubormang! Va uning ozib ketgan yoki ozib ketmaganiga ham e’tibor berib turing. Axir ehtiyot bo’lgan yaxshi-da. Nima dedingiz?
loading…