Bir qator uchun 6 million dollar!

Dunyoga dong’i ketgan yulduzlar deyarli hech narsa qilmasdan haddan ziyod gonorar olishlari mumkin.

Qay tariqa qamoqxonada jazo muddatini o’tayotib uch million dollar ishlasa bo’ladi? Maykl Jeksonning hisob raqamiga qo’shiqchining o’limidan 9 yil o’tib qancha pul tushgan? Quyida ana shunday aql bovar qilmasdek bo’lib tuyiladigan voqealar haqida hikoya qilamiz.

Jastin Timberleyk mashhur jingldan bor-yo’g’i «Pa-ba-pa-pa-paaaa…» naqoratini kuylagani evaziga «McDonald’s»dan 6 million dollar olgan.

Merayya Keriga «Haqiqiy sevgi» filmida kuylagan «All I Want For Christmas Is You» qo’shig’i uchun 60 million dollar berishgan.

Devid Boui 2017 yili 9, 5 million dollar ishlagan. Musiqachining 2016 yili olamdan o’tganini hisobga olsak, bu juda katta pul, albatta…

Mashhur fizik-teoretik Albert Eynshteyn esa Devid Bouini ham ortda qoldirdi. Olim 2017 yili 10 million dollar ishlagan!

Ammo bu raqamlarning barchasi pop qiroli hisoblanmish Maykl Jeksonning hisob raqamiga tushayotgan pullar oldida unchalik ko’zga tashlanmay qolishi aniq. Chunki marhum pop qirol 2017 yili 75 million dollarga boyigan!

Supermodel Xaydi Klum «Amerikada talantlar bor» (America’s Got Talent) shousi va «Podium proekt»dagi ishtiroki uchun yiliga 21 million dolar oladi.

Keti Perriga «American Idol» shousida hakamlik qilgani uchun 25 million dolar berishgan.

2014 yili «Apple» kompaniyasi «U2» guruhiga ularning yangi albomini deyarli barcha «olmali» qurilmalarga yuklash uchun 100 million dollar to’lagan.

Qurolli bosqinchilikda ayblanib qamoqda jazo muddatini o’tayotgan O. Jey Simpson o’z avtograflarini uch million dollarga sotgan.

Ana shunaqa gaplar…

 

loading…