Gullar insonga baxt keltirishi haqida eshitganmisiz? Ularning o’ziga xos «karomati» bo’lib, biri xonadonningizga daromad keltirsa, yana biri baxt, boshqasi ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beruvchi xususiyatga ega.
Quyida shulardan ayrimlarini keltirib o’tamiz.
Shefflera (Schefflera yoki soyabon daraxti) – chekuchilar yashaydigan yoki ishlaydigan xonalarda o’stirish mumkin. Bu o’simlik tamaki tutuni tarkibidagi nikotin va smolani tez «yutib yuboradi».
Dratsena (Dracaena) – bu o’simlik oz miqdorda bo’lsa ham, lak, yelim va mebeldan chiqajigan formaldegidni zararsizlantiradi.
Xlorofitum (Chlorophytum) – havoga chiqariladigan gazlarni bartaraf etadi. Shu bois ko’p qavatli uylarning birinchi va ikkinchi qavatida istiqomat qiluvchilar uchun bu gul juda foydali.
Xamedoreya (Chamaedorea elegans yoki xonaki palma) – havoni namlantiradi, palastmassadan chiqadigan moddalarni filtrlaydi.
Benjamin fikusi (Ficus benjamina) – havoni eng yaxshi tozalovchi o’simlik sifatida ikkinchi o’rinda turadi. Ko’ngina zaharli moddalarni o’ziga singdiradi.