XOH IShONMANG… XOH IShONMANG…

 

 

BURJLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Dunyoda shunday bahs yuradiki, burjlar aslida 12 ta emas, 13 ta ekan. 13- burj «morboz» deb nomlanarkan.

2. Burjlar olov, yer, havo va suv bo’yicha guruhlashtirilgan.

3. Har bir sayyora yoki yulduz alohida burjni boshqaradi.

4. Ilgari Assiriyada Arslon burji «Buyuk olov» deb nomlangan.

5. Egizaklar burj belgisi qardoshlar o’rtasidagi muhabbat timsoli sifatida e’tirof etiladi.

6. Eng kuchli burj belgilari Qo’y, Arslon, Tog’ echkisi va Chayon hisoblanadi. Ular orasida eng zo’ri esa Qo’y burji ekan.

7. Qisqichbaqa burji ostida tug’ilgan ayollar turmush o’rtog’iga eng sadoqatli xotin hisoblanarkan.

8. Baliq burji ostida tug’ilganlar samolarda parvoz qilishni xush ko’radi.

9. Afsonalarga qaraganda, burjlar nomi Geraklning jasoratlaridan kelib chiqib tanlangan ekan.

10. Qo’y burji ostida tug’ilganlar ehtirosga boy insonlardir.

11. Chayon burji vakillari esa juda ayyor, sotqinlik, hasadga moyil bo’ladi.

12. Parizod va Buzoq burji ostida tavallud topganlar sadoqatda tengsizdir.

13. O’qotar burji vakillari jozibali insonlar sifatida allaqachon tan olingan.

14. Xudbinlikda arslon burji vakillariga yetadigani yo’q.

15. Dohiylarning aksariyati asosan qovg’a burji ostida tavallud topgan.

16. Buzoq burjida tug’ilganlar semirishga moyil bo’lisharkan. Chunki ular mazali, kaloriyaga boy taomlarning ishqibozi sanalishadi.

17. Parizod burjida tug’ilganlar yillar o’tgani sayin atrofdagilarga nisbatan negativ munosabatga ega bo’la borishadi.

18. O’qotar burji vakillari qarish haqida hech qachon o’ylab ko’rishmaydi.

19. Chayon burjida tug’ilganlarning aksariyati boshqalar uchun o’ta zararli energetikaga ega.

20. Qo’y burji vakillarining deyarli barchasi xiyonatga moyil odamlar bo’lishadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

XOH IShONMANG… XOH IShONMANG…XOH IShONMANG… XOH IShONMANG…XOH IShONMANG… XOH IShONMANG…