XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

JONIVORLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR (2-qism)

 

1. Yoshi ulug’ kit 2 soniyada 2400 litr havo yutadi.

2. Agar ko’rshapalak o’z qichqirig’ini hech qursa bir marta eshitganda, kar bo’lib qolardi.

3. «Iguana» — kaltakesak turi suv ostida 28 daqiqagacha tura oladi.

4. Kalamush suvsiz uzoq vaqt yashay olishda tuyani changida qoldirib ketadi.

5. Akula o’ljasiga tashlanganda, jarohat yetmasligi uchun ko’zlarini yumib oladi.

6. «Mola Mola» — okean quyosh balig’i bir martaning o’zida 5 000 000 tagacha tuxum qo’yadi.

7. Dunyodagi eng yirik va odam uchun xavfli timsoh sifatida dengiz timsohi tilga olinadi.

8. «Imperator kuyasi»ning erkagi urg’ochini 2 kilometr uzoqlikdan his eta oladi.

9. Yo’lbarsning old oyoqlarida 5 tadan, orqa oyoqlarida 4 tadan barmog’i bor. Tirnoqlari uzunligi 10 santimetrgacha yetadi.

10. Yer yuzida qurbaqa va baqaning 4000 taga yaqin turi mavjud.

11. Napoleonning sevimli oti «Morengo» laqabiga ega edi.

12. Ilonni Xitoyda yemish uchun, Hindistonda terisi uchun, Birmada esa zaharga qarshi dori tayyorlash uchun ovlashadi.

13. Ilonlar uch yilgacha ovqat yemasdan uxlay oladi.

14. Burga 33 santimetr uzoqlikka sakray oladi.

15. Akulaning immuniteti saraton xastaligining rosmana kushandasidir.

16. Itlarning ham tirsagi bor.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…